To’garakning maqsadi — to’garak a’zolariga mehnatsevarlik g’oyalarini singdirish, boshlang’ich kasb-hunar sirlarini egallab, tegishli kasb hunar kollejlarini tanlash va keyinchalik shu sohaning etuk mutaxassisi bo’lib chiqishlari uchun imkoniyatlar yaratadi.

To’garakning vazifasi o’quvchilarni ma’naviy boyligini oshirib, inson uchun kerakli bo’lgan liboslarni modellashtirish, kiyim tanlashning asosiy qoidalari bilan tanishtirish, rang uyg’unligi, dekorativ liboslarga bezaklar berishni o’rgatishdan iboratdir.

To’garakka 8 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan o’quvchilar qabul qilinadi.

To’garak dasturi bir o’quv yiliga mo’ljallangan.

Bugungi kunda to’garakda 60 nafar o’quvchi-yoshlar ta’lim olmoqda.

To’garak rahbarlari: Asomova Mahbuba, Ismoilova Kamola