To’garakning maqsadi o’quvchi-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ular ongini milliy madaniyatimiz, milliy qadriyatlar ruhini singdirish, momolarimiz merosini chuqur o’rganishlarini, ajdodlarimiz an’analarini davom ettirish va rivojlantirish, an’anaviy va zamonaviy liboslar tikish hunarini egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratish, xalq hunarmandchiligi maktabini yaratish, shu kasbga qiziqishini orttirish to’garakning asosiy maqsadlaridan biridir. Bundan tashqari to’garak a’zolariga mehnatsevarlik g’oyalarini singdirish, boshlang’ich kasb-hunar sirlarini egallab, tegishli kasb-hunar kollejlarini tanlash va keyinchalik shu sohaning etuk mutaxassisi bo’lib chiqishlari uchun imkoniyatlar yaratadi.

 

To’garakning vazifasi — o’quvchilarga bichish-tikish uslublarini, bezak turlarini, tikuv va overlok mashinalari turlari hamda ularni ishlatishni, shuningdek, tikish va andoza olish usullarini, turli xil ko’rinishdagi buyumlarni tikishni o’rgatadi.

To’garakka etarli jismoniy salomatlikka ega bo’lgan 7 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan o’quvchilar qabul qilinadi.

«Bichish- tikish» to’garagining o’kuv dasturi ikki o’quv yiliga mo’ljallangan.

Bugungi kunda mazkur to’garakda 38 nafar o’quvchi-yoshlar ta’lim olmoqda

 

To’garak rahbari: Usmanova Dono

 

Mashg’ulot kunlari

Seshanba:                 Payshanba:               Shanba:                                                                 

 0900-1030                  0900-1030                  0900-1030

1330-1500                   1330-1500                  1330-1500

 

1510-1640                  1510-1640                    1510-1640

 

To’garak rahbari: Karimberdieva Muattar

 

Mashg’ulot kunlari

Chorshanba:                        Juma
               

1330-1545                            1330-1545